Xaridlar
Xaridlar

Bu yerda siz markaz e'lonlarini o'qishingiz mumkin

Объявления

Актуально
ENG YAXSHI TAKLIFNI TANLAB OLISH

Tanlovda xarid hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan, xizmatlarni lozim darajada ko‘rsatish uchun zarur resurslar, malakali xodimlar va imkoniyatlarga ega bo‘lgan ijrochilar ishtirok etishlari mumkin.
Xizmatlar hajmi, porsiyalar soni, menyuga, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar, xizmat ko‘rsatish shartlari hamda boshqa talablar xarid hujjatlarida ko‘rsatilgan.
Takliflarni taqdim etish muddati: UzEx Tender elektron xarid platformasida belgilangan shartlarga muvofiq.
Xarid o‘tkaziladigan platforma: UzEx Tender.

Дата начало

Сен 30, 2026

Дата окончания

Окт 07, 2026

Актуально
ENG YAXSHI TAKLIFNI TANLAB OLISH

Tanlovda xarid hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan yetkazib beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tovarlarning texnik xususiyatlari, miqdori, sifatiga qo‘yiladigan talablar va xaridning boshqa shartlari xarid hujjatlarida ko‘rsatilgan.
Takliflarni taqdim etish muddati: UzEx Tender elektron xarid platformasida belgilangan shartlarga muvofiq.
Xarid o‘tkaziladigan platforma: UzEx Tender.

Дата начало

Сен 30, 2026

Дата окончания

Окт 07, 2026

Актуально
Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbarlari diqqatiga!

Tenderda xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar), shu jumladan kichik biznes subyektlari — tenderda ishtirok etish uchun qo‘yilgan talablarga javob bergan holda qatnashishlari mumkin.

Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan malaka talablari:

·       Xarid komissiyasi raisi nomiga elektron tenderda ishtirok etish uchun ariza; 

·       Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; 

·       2-shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan kafolat xati; 

·       Buyurtmachi va shartnoma tomonlari bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarning mavjud emasligi; 

·       Tender ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot; 

·       Ishtirokchining moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot; 

·       Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi bayonot; 

·       Ishlab chiqaruvchi zavodning avtorizatsiyasi mavjudligi (agar ishtirokchi taklif etilayotgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi bo‘lmasa); 

·       Offshor zonalar (3-ilova); 

·       Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi; 

·       Ishtirokchi kompaniyasining kamida bir yil davomida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi; 

·       O‘zbekiston Respublikasiga va boshqa mamlakatlarga o‘xshash tovarlarni yetkazib berish tajribasining mavjudligi. 

Дата начало

Сен 22, 2026

Дата окончания

Окт 08, 2026

Завершено
DORI VOSITALARI ISHLAB CHIQARUVCHILARI VA YETKAZIB BERUVCHILARI RAHBARLARI DIQQATIGA!

Marketing tadqiqoti bozorni o‘rganish, potensial ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar mavjudligini aniqlash, shuningdek, keyinchalik xarid qilish tartib-taomillarini rejalashtirish va o‘tkazish uchun dori vositalarining xolis bozor qiymatini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi.

Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilardan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tijorat (narx) taklifini taqdim etish so‘raladi:

·         ishlab chiqaruvchining nomi va dori vositasining ishlab chiqarilgan mamlakati;

·         dori vositasining savdo nomi;

·         dori shakli va dozasi;

·         tovar birligining narxi;

·         taklif etilayotgan miqdorning umumiy qiymati;

·         taklif etilgan narxga QQS kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

·         yetkazib berish shartlari va muddatlari;

·         to‘lov shartlari;

·         yetkazib berish vaqtida tovarning yaroqlilik muddati;

·         tijorat taklifining amal qilish muddati;

·         yetkazib beruvchining aloqa ma’lumotlari.

Narx taklifi tashkilotning rasmiy blankasida rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxs tomonidan imzolanishi hamda muhr mavjud bo‘lgan taqdirda muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

Mahalliy yetkazib beruvchilar uchun: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining omborigacha yetkazib berish.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-A uy.

Xorijiy yetkazib beruvchilar uchun: DAP, Toshkent shahri (Incoterms 2020 ga muvofiq):

a) havo yoki avtomobil transporti orqali yetkazib berilganda — “Toshkent xalqaro aeroporti”, “Avia yuklar” TIF bojxona posti № 00102;

b) temir yo‘l transporti orqali yetkazib berilganda — “Toshkent-Tovar” temir yo‘l stansiyasi (stansiya kodi 722400), “Toshkent-Tovar” TIF bojxona posti № 26002.

Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi elektron pochta manziliga qabul qilinadi:

E-mail: Xarid@bolalaronko.uz

 

Narx takliflari 2026-yil “10” Sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 gacha qabul qilinadi.

Sarepulos A. — shartnomalar va xaridlar bo‘yicha mutaxassis.

Tel.: (+99871) 203-11-03
 E-mail: Xarid@bolalaronko.uz 

Дата начало

Сен 08, 2026

Дата окончания

Сен 30, 2026

Завершено
Ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

Ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan «Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazida amalga oshirilmaydigan genetik tadqiqotlar bo‘yicha autsorsing kompaniyasi xizmatlari hamda genetik laboratoriya uchun sarflanadigan materiallar»ni xarid qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ–183-son “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, xarid byudjetini aniqlash va kelgusida «Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazida amalga oshirilmaydigan genetik tadqiqotlar bo‘yicha autsorsing kompaniyasi xizmatlari hamda genetik laboratoriya uchun sarflanadigan materiallar»ni xarid qilishni amalga oshirish uchun bozor kon’yunkturasini o‘rganish (marketing tadqiqoti) e’lon qilinadi.

1. Xarid komissiyasining ishchi organi nomi va manzili:

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-A uy.

Elektron pochta: Xarid@bolalaronko.uz

Mas’ul shaxs: Komissiya kotibi Sarepulos A.Yu.
Telefon: (+998 99) 120-88-88

Tovarlarning texnik malaka talablariga muvofiqligini baholash hamda xarid byudjetini aniqlash maqsadida, Sizdan texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha alohida ustunni har bir parametr kesimida to‘ldirgan holda, tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan tijorat taklifingizni Xarid@bolalaronko.uz elektron pochta manziliga 2026-yil 20-iyul soat 18:00 ga qadar yuborishingizni so‘raymiz.

Diqqat!

Siz taqdim etgan tijorat takliflari xarid qilinadigan tovarlarning boshlang‘ich (start) narxini belgilashda inobatga olinadi hamda ushbu xarid jarayonida keyinchalik taqdim etadigan narx takliflaringizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan, kelgusidagi xarid jarayonlarida ishtirok etishni istagan barcha ishtirokchilarni bozorni marketing tadqiqoti doirasida o‘z tijorat takliflarini faol ravishda taqdim etishga chorlaymiz.

Дата начало

Июл 14, 2026

Дата окончания

Авг 14, 2026

Завершено
E'lon

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat xaridining boshlang‘ich (start) narxini shakllantirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o‘rtacha bozor qiymatini aniqlash uchun potensial yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi.

Tijorat takliflari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
- tashkilotning to‘liq nomi;
- taklif etilayotgan tovar (ish, xizmat)ning narxi;
- texnik tavsiflari va spetsifikatsiyasi (mavjud bo‘lsa);
- yetkazib berish shartlari va muddatlari;
- tijorat taklifining amal qilish muddati;
- mas’ul shaxsning aloqa ma’lumotlari.

Tijorat taklifini taqdim etish davlat xaridi tartib-taomilini o‘tkazish hisoblanmaydi, buyurtmachi va potensial yetkazib beruvchi o‘rtasida hech qanday majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi hamda faqat bozor kon’yunkturasini o‘rganish va xaridning boshlang‘ich (start) narxini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Xarid predmetiga oid batafsil texnik tavsiflar, miqdor va talablar ushbu e’lonning ajralmas qismi hisoblangan quyida keltirilgan ro‘yxatda bayon etilgan.

Tijorat takliflari xarid@bolalaronko.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.

Hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va Sizning ishtirokingizga umid qilamiz.

1. Methotrexate CLIA Kit (Chemiluminescence Immunoassay)- шт 5 

2 .Valproic Acid CLIA Kit (Chemiluminescence Immunoassay) -шт 1 

3. Cyclosporine A CLIA Kit (Chemiluminescence Immunoassay)- шт 2 

4. Tacrolimus CLIA Kit (Chemiluminescence Immunoassay)- шт 1 

5. Voriconazole CLIA Kit (Chemiluminescence Immunoassay) -шт 1 

6. Reaction cups -шт 1 

7. Chemiluminescent Substrate- шт 45 

8. Acid Cleaning Solution- шт 2 

9. Alkaline Cleaning Solution -шт 2 

10. Chemiluminescent Wash Solution- шт 5 

11. Whole Blood Sample Extraction Reagent- шт 3 

Дата начало

Июл 13, 2026

Дата окончания

Авг 13, 2026

Завершено
E'lon

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat xaridining boshlang‘ich (start) narxini shakllantirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o‘rtacha bozor qiymatini aniqlash uchun potensial yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etadi.

Tijorat takliflari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • tashkilotning to‘liq nomi;
  • taklif etilayotgan tovar (ish, xizmat)ning narxi;
  • texnik tavsiflari va spetsifikatsiyasi (mavjud bo‘lsa);
  • yetkazib berish shartlari va muddatlari;
  • tijorat taklifining amal qilish muddati;
  • mas’ul shaxsning aloqa ma’lumotlari.

Tijorat taklifini taqdim etish davlat xaridi tartib-taomilini o‘tkazish hisoblanmaydi, buyurtmachi va potensial yetkazib beruvchi o‘rtasida hech qanday majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi hamda faqat bozor kon’yunkturasini o‘rganish va xaridning boshlang‘ich (start) narxini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Xarid predmetiga oid batafsil texnik tavsiflar, miqdor va talablar ushbu e’lonning ajralmas qismi hisoblangan quyida keltirilgan ro‘yxatda bayon etilgan.

Tijorat takliflari xarid@bolalaronko.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.

Hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va Sizning ishtirokingizga umid qilamiz.

 1. Automat Hematology Analyzer F-DK Diluent -шт 30  шт 

2. Automatic Hematology Analyzer F-LS Lysing Reagent - шт 8 

3 .Automatic Hematology Analyzer F-LW Lysing Reagent- шт 25 

4. Automatic Hematology Analyzer F-FW Fluorescent Dye -шт 12 

5. Automatic Hematology Analyzer F-LD Lysing Reagent -шт 20 

6. Automatic Hematology Analyzer F-FD Fluorescent Dye-шт 12 

7. Automatic Hematology Analyzer F-DR Diluent- шт 30

 8. Automatic Hematology Analyzer F-SC Cleaning Fluid- шт 4 

9. Automatic Hematology Analyzer F-FA Fluorescent Dye- шт 20 

10. Automatic Hematology Analyzer F-FP Fluorescent Dye- шт 20

 11. Automatic Hematology Analyzer F-LA Lysing Reagent- шт 20

 12. Automatic Hematology Analyzer F-CC Cell Clean- шт 15

 13 .Hematology Analyzer Calibrator PLT- шт 1 

14. Hematology Analyzer Control (Level 1)- шт 1 

15. Hematology Analyzer Control (Level 2)- шт 1 

16. Hematology Analyzer Control (Level 3) -шт 1 

17. Hematology Analyzer Calibrator CBC+DIFF CAL- шт 1

 18. Quality Control Level 1 -шт 1

 19 .Quality Control Level 2- шт 1

 20. Quality Control Level 3- шт 1 

Дата начало

Июл 13, 2026

Дата окончания

Авг 13, 2026

Завершено
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha e’lon

Texnik topshiriqqa muvofiq molekulyar-biologik tadqiqotlarni polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) usuli orqali o‘tkazish uchun «AmpliSens» va «AmpliPrime» PZR test tizimlari yoki ularga ekvivalent mahsulotlarni yetkazib berish.

Marketing tadqiqoti doirasida quyidagi kasallik qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun mo‘ljallangan test tizimlari ko‘rib chiqiladi:

  •  1 va 2-tipdagi oddiy gerpes virusi (HSV I/II); 
  •  Epshteyn–Barr virusi (EBV); 
  •  sitomegalovirus (CMV); 
  •  inson gerpes virusi 6-tipi (HHV-6); 
  • Candida spp. turkumiga mansub zamburug‘lar; 
  •  parvovirus B19; 
  •  enteroviruslar; 
  •  o‘tkir ichak infeksiyalari (O‘II) qo‘zg‘atuvchilari; 
  •  o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) qo‘zg‘atuvchilari; 
  • Pneumocystis jirovecii (P. carinii); 
  •  metitsillinga chidamli Staphylococcus aureus (MRSA); 
  •  vankomitsinga chidamli enterokokklar (VRE); 
  •  KPC/OXA-48 karbapenemazalari; 
  •  metallo-β-laktamazalar (MBL); 
  •  B (HBV), C (HCV) va D (HDV) gepatit viruslari; 
  •  SARS-CoV-2; 
  •  texnik topshiriqda nazarda tutilgan boshqa infeksion qo‘zg‘atuvchilar. 

Marketing tadqiqotini o‘tkazishdan maqsad

Marketing tadqiqoti quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

  •  potensial yetkazib beruvchilar bozorini o‘rganish; 
  •  xarid qilinadigan mahsulotlarning taxminiy bozor qiymatini aniqlash; 
  •  xaridning boshlang‘ich (chegaraviy) narxini shakllantirish; 
  •  xarid hujjatlarini tayyorlash. 

Taqdim etiladigan ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar

Manfaatdor tashkilotlardan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish so‘raladi:

  •  mahsulot narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi; 
  •  ishlab chiqaruvchi va mahsulotning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi ma’lumot; 
  •  yetkazib berish muddati; 
  •  to‘lov shartlari; 
  •  zarur hollarda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumot; 
  •  tijorat taklifining amal qilish muddati. 

Mazkur marketing tadqiqoti doirasida tijorat takliflarini taqdim etish davlat xaridlari tartib-taomili hisoblanmaydi, Buyurtmachi zimmasiga hech qanday majburiyat yuklamaydi hamda faqat bozorni o‘rganish va mahsulotlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Дата начало

Июл 07, 2026

Дата окончания

Июл 20, 2026

Завершено
Tibbiy sarf materiallarini xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ehtiyojlari uchun tibbiy sarf materiallarini, jumladan, turli o‘lchamdagi (Fr 3, Fr 4, Fr 5) periferik yo‘l orqali implantatsiya qilinadigan markaziy venoz kateterlar (PICC) hamda teri osti manjetiga ega uzoq muddatli venoz kirish kateterlarini (Broviac/Vascu-line/Pro-line turidagi) xarid qilish.

Yetkazib beriladigan mahsulotlar yangi, ilgari foydalanilmagan bo‘lishi, Buyurtmachining texnik talablariga to‘liq javob berishi, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lishi, shuningdek mahsulot sifati va muvofiqligini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarga ega bo‘lishi shart.

Xarid predmeti tavsifi, mahsulotlarga qo‘yilgan texnik talablar, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar, yetkazib berish shartlari, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati hamda xarid jarayonining boshqa shartlari Texnik topshiriq va eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha tender hujjatlarida batafsil bayon etilgan.

Дата начало

Июл 07, 2026

Дата окончания

Июл 20, 2026

Завершено
Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbariyatining diqqatiga!

Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbariyatining diqqatiga!

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan Markaz ehtiyojlari uchun 2026-yil (6 oy davomida) ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xarid amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qarori — *“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qarorini ijro etish maqsadida, xarid byudjetini aniqlash va keyinchalik “Markazda amalga oshirilmaydigan laboratoriya tekshiruvlarini autsorsing kompaniyasi tomonidan bajarish xizmati”ni xarid qilishni tashkil etish uchun bozorning marketing tadqiqotlari e’lon qilinadi.

1. Xarid komissiyasining ishchi organi nomi va manzili:

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi
 O‘zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasaý ko‘chasi, 17-a uy
 E-mail: Xarid@bolalaronko.uz
Aloqa shaxsi: Igamberdiev T.Ch. – komissiya kotibi, tel.: (+99899) 011-22-85.

Tovarlarning texnik malakasini aniqlash va xarid byudjetini shakllantirish maqsadida, Sizdan har bir parametr bo‘yicha texnik moslikni alohida ustunda ko‘rsatgan holda, tasdiqlovchi materiallar bilan birga tijorat taklifingizni Xarid@bolalaronko.uz
elektron manziliga 2025-yil 10-dekabr kuni soat 18:00 gacha yuborishingizni so‘raymiz.

Diqqat! Sizning takliflaringiz xarid qilinadigan tovarlarning boshlang‘ich narxini belgilashda hisobga olinadi va keyinchalik Sizning narx bo‘yicha takliflaringizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, keyingi xarid jarayonlarida ishtirok etishni istagan barcha yetkazib beruvchilarni marketing tadqiqotlarida faol qatnashishga taklif etamiz!

Дата начало

Июн 03, 2026

Дата окончания

Июл 03, 2026

Markaz voqealari

So‘nggi yangiliklar

Dolzarb yangiliklar, e’lonlar va muhim voqealar.

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi"


Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Kongress “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘rtasida dolzarb bilimlar va amaliy tajriba almashinuvini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish.


Kongress tashkilotchilari:

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

🔸 Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik HUB.

Kongressning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

🔺 jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, xalqaro hamkorlik;

🔺 bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi;

🔺 gemopoetik ildiz hujayralari transplantatsiyasi;

🔺 molekulyar diagnostika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;

🔺 qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, reabilitatsiya va hayot sifati;

🔺 infeksion nazorat, nutritiv va psixoijtimoiy yordam hamda palliativ tibbiyot.

Kongress xalqaro sheriklikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy va klinik tajribalarni birlashtirish hamda har bir bolaning sog‘lom va himoyalangan muhitda ulg‘ayishi uchun sa’y-harakatlarni birlashtiradigan muhim maydonga aylanadi.


🌐 Sammit va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot


📞 Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:

Mas’ul shaxslar: Gimush I.R., Amangeldiyeva L.M.


Telefonlar: +998 90 097 45 09; +998 90 805 23 87

Elektron pochta: Science@bolalaronko.uz

Ko'proq o'qish