До окончания осталось
00days:
00hours:
00minutes:
00seconds

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Markaz ehtiyojlari uchun dori vositalarining amaldagi bozor narxlarini aniqlash maqsadida bozor marketing tadqiqotini o‘tkazadi. Marketing tadqiqotida ishtirok

Marketing tadqiqoti bozorni o‘rganish, potensial ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar mavjudligini aniqlash, shuningdek, keyinchalik xarid qilish tartib-taomillarini rejalashtirish va o‘tkazish uchun dori vositalarining xolis bozor qiymatini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladi.

Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilardan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tijorat (narx) taklifini taqdim etish so‘raladi:

·         ishlab chiqaruvchining nomi va dori vositasining ishlab chiqarilgan mamlakati;

·         dori vositasining savdo nomi;

·         dori shakli va dozasi;

·         tovar birligining narxi;

·         taklif etilayotgan miqdorning umumiy qiymati;

·         taklif etilgan narxga QQS kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

·         yetkazib berish shartlari va muddatlari;

·         to‘lov shartlari;

·         yetkazib berish vaqtida tovarning yaroqlilik muddati;

·         tijorat taklifining amal qilish muddati;

·         yetkazib beruvchining aloqa ma’lumotlari.

Narx taklifi tashkilotning rasmiy blankasida rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxs tomonidan imzolanishi hamda muhr mavjud bo‘lgan taqdirda muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

Mahalliy yetkazib beruvchilar uchun: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining omborigacha yetkazib berish.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-A uy.

Xorijiy yetkazib beruvchilar uchun: DAP, Toshkent shahri (Incoterms 2020 ga muvofiq):

a) havo yoki avtomobil transporti orqali yetkazib berilganda — “Toshkent xalqaro aeroporti”, “Avia yuklar” TIF bojxona posti № 00102;

b) temir yo‘l transporti orqali yetkazib berilganda — “Toshkent-Tovar” temir yo‘l stansiyasi (stansiya kodi 722400), “Toshkent-Tovar” TIF bojxona posti № 26002.

Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi elektron pochta manziliga qabul qilinadi:

E-mail: Xarid@bolalaronko.uz

 

Narx takliflari 2026-yil “10” Sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 gacha qabul qilinadi.

Sarepulos A. — shartnomalar va xaridlar bo‘yicha mutaxassis.

Tel.: (+99871) 203-11-03
 E-mail: Xarid@bolalaronko.uz