
Yangiliklar
Xalqaro aloqalar va ilmiy almashinuvni rivojlantirish
Blogda so‘nggi chop etilgan maqolalar
Barcha maqolalar

Markazimiz direktori — TOP 10 Yil Olimi!
Markazimiz direktori — TOP 10 Yil Olimi!
“Science & Innovation Awards 2025” tanlovida mamlakatimizning turli ilmiy yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlar orasidan Markazimiz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor
Polatova Jamila Shagayratovna — YILNING ENG YAXSHI OLIMLARI TOP 10 taligiga kiritildi!
🥳Ushbu e’tirof Jamila Shagayratovnaning onkologiya sohasidagi, avvalo suyak va yumshoq to‘qima sarkomalarini davolash bo‘yicha ilg‘or diagnostika va kombinatsiyalangan davolash usullarini joriy etish, shuningdek bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yo‘nalishidagi samarali rahbarlik faoliyatini o‘z ichiga olgan 25 yildan ortiq ilmiy-amaliy mehnatining natijasidir.
Ushbu yutuq — nafaqat ustoz sifatidagi mehnatlarining e’tirofi, balki Markazimiz jamoasining ilm-fanga qo‘shayotgan hissasining ham yuqori bahosi hisoblanadi.
#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте
#Science_Awards #Top10 #SIA2025

O‘zbekiston g‘alabani nishonlamoqda: SIOP Asia 2027 mamlakatimizda o‘tkaziladi!
Biz sizlarga quvonchli yangilikni taqdim etamiz: SIOP Asia a’zolari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston g‘olib deb topildi va SIOP Asia 2027 yillik kongressiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi!
Bu yutuq bolalar onkologiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. Mamlakatimizning tanlanishi — O‘zbekiston pediatrik onkogematologiyasi nufuzi ortib borayotgani, ilmiy hamjamiyatimizning salohiyati ва sog‘liqni saqlash tizimining doimiy takomillashishga intilayotganining yorqin ifodasidir.
SIOP Asia 2027’ning O‘zbekistonda o‘tkazilishi quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi:
ilmiy tajriba almashinuvini kengaytirish;
mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
yetakchi xalqaro mutaxassislarni jalb qilish;
bolalar onkologik kasalliklarini tashxislash ва davolashning zamonaviy usullarini targ‘ib etish.
🗓 Kongressning o‘tkazilish sanalari, manzili ва dasturi haqidagi batafsil ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.
Biz ishonamizki, ushbu yirik ilmiy tadbir yangi g‘oyalar, ilhom ва samarali natijalar olib keladigan muhim qadam bo‘ladi!

Dana-Farber Cancer Institute O‘zbekistonda
🎗 Dana-Farber Cancer Institute O‘zbekistonda
📍 Bolalarda onkologik kasalliklarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
Ertaga, 2025-yil 15-avgust kuni soat 10:00–13:00, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Bolalarda saraton kasalligini erta tashxislash va palliativ yordam ko‘rsatish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminarda Dana-Farber Cancer Institute (AQSh) mutaxassislari ishtirok etadi:
Timothy R. Rebbeck, PhD
David Read, MPH
Leslie E. Lehmann, MD
Jaime Mchunu, MA
Jill E. Stopfer, MS, CGC
Selvin Marroquin, MPH
💻 ZOOM orqali onlayn ishtirok etish: 🔗 Zoom havola
📝 Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish: 🔗 Formani to‘ldirish
📜 Seminar ishtirokchilarining barchasiga sertifikat beriladi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengashning ilmiy darajalarni berish bo‘yicha majlisi.
2025-yil 14-iyul kuni soat 14:00 da Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI
Toshkent davlat stomatologiya instituti onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Yunusova Lalita Rinatovnaning «COVID-19 ni boshdan kechirgan bemorlarning yuzning o‘rta sohasi asoratlarini KT va MRT yordamida diagnostika qilish» mavzusidagi dissertatsiyasi 14.00.19 – «Klinik radiologiya», 14.00.17 – «Farmakologiya, klinik farmakologiya» ixtisosliklari bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan himoyasi.
Ilmiy maslahatchilar:
Xojibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Abdashimov Zafar Baxtiyorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar:
Abyazov Otabek Vahobovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Hamidov Obid Abdurahmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Pulatova Nargiza Ixsanovna, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengashning ilmiy darajalarni berish bo‘yicha majlisi.
2025-yil 12-iyul kuni soat 14:00 da Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
1. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishni rivojlantirish markazi neyroxirurgiya kafedrasining mustaqil izlanuvchisi Alimov Ijod Rustamjonovichning «Sox va chanoq suyaklari o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash» mavzusidagi dissertatsiyasi 14.00.14 – Onkologiya, 14.00.28 – Neyroxirurgiya ixtisosliklari bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan himoyasi.
Ilmiy maslaxatchi:
Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Kariyev Shuxrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori
Xodjayev Abduvoxid Valiyevich, Tibbiyot fanlari doktori
Makarevich Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: P.A. Gertsen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institute
2. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishni rivojlantirish markazi neyroxirurgiya kafedrasi bazaviy doktoranti Hamroqulov Bekzod Bahodirovichning «Umurtqa o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni davolashda teri orqali radiochastotali ablatsiya usuli» mavzusidagi dissertatsiyasi 14.00.14 – Onkologiya, 14.00.28 – Neyroxirurgiya ixtisosliklari bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Alimov Ijod Rustamjonovich, PhD, TXKMRM dotsenti
Rasmiy opponentlar:
Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori
Kuldoshev Kaxramon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengashning ilmiy darajalarni berish bo‘yicha majlisi.
2025-yil 9-iyul kuni soat 14:00 da Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
1.Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil izlanuvchisi Akilova Gulnora Xabibullayevnaning «Me’da osti bezi kasalliklarini multimodal nurli diagnostika usullari bilan aniqlash» mavzusidagi, 14.00.19 – «Klinik radiologiya» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Juraeva Nigora Muxsumovna, Tibbiyot fanlari doktori
Rasmiy opponentlar:
Xodjibekov Marat Xudaykulovich, Tibbiyot fanlari doktori, professor
Fazilov Akram Akmalovich , Tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
2. Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy radiologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Xoshimova Nodira Sharofiddinovnaning «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz halqum o‘smalarini tashxislashda nurli tekshiruv usullarining ahamiyati» mavzusidagi, 14.00.19 – «Klinik radiologiya» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Raximov Nodir Maxamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Ablyazov Otabek Vaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengashning ilmiy darajalarni berish bo‘yicha majlisi.
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqamli Ilmiy Kengashning ilmiy darajalarni berish bo‘yicha majlisi.
KUN TARTIBI:
1. Toshkent davlat stomatologiya instituti TDSI tayanch doktoranti Pattohov Aziz Shuxrat o‘g‘lining «Sox va chanoq suyaklari o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash» mavzusidagi dissertatsiyasi 14.00.19 – «Klinik radiologiya» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Xasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
2. TDSI tayanch doktoranti Xakimov Aziz Timurovichning «Sut bezining intraprotokali saratonini tashxislash va davolash taktikasini tanlashda konseptual yondashuv» mavzusidagi dissertatsiyasi 14.00.14 – «Onkologiya» ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Xodjayev Abduvaxid Valiyevich,tibbiyot fanlari doktori, professor
Raximov Nodir Maxammatkulovich,tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti

Новые горизонты в диагностике онкологических и онкогематологических заболеваний у детей
14–15 февраля в Ташкенте состоялась научно-практическая конференция под названием «Новые горизонты в диагностике онкологических и онкогематологических заболеваний у детей». Это мероприятие, приуроченное к Международному дню детей, больных раком, объединило специалистов из Узбекистана, стран СНГ и других зарубежных государств.
Основное внимание было уделено современным методикам диагностики и лечения детских заболеваний в области онкологии и онкогематологии. В ходе обсуждений участники делились инновационными подходами к раннему выявлению патологий и тактиками ведения пациентов. Особый акцент сделали на генетических исследованиях, персонализированных методах терапии и междисциплинарном подходе к лечению, который становится важным инструментом в повышении его эффективности.
Специалисты международного уровня представили свои наработки, результаты клинических исследований и современные протоколы терапии. Также были обсуждены важные вопросы доступности медицинской помощи для детей, столкнувшихся с онкологическими и онкогематологическими заболеваниями.
Конференция стала важной платформой для обмена знаниями и опытом, направленной на улучшение диагностики и лечения детских заболеваний в Узбекистане. Подобные мероприятия способствуют развитию медицины и открывают новые возможности для повышения шансов на выздоровление маленьких пациентов.


