Yakunlanishiga qolgan vaqt
00kun:
00soat:
00daqiqa:
00soniya

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan «Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazida amalga oshirilmaydigan genetik tadqiqotlar bo‘yicha autsorsing kompaniyasi xizmatlari hamda genetik laboratoriya uchun sarflanadigan materiallar»ni xarid qilish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan «Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazida amalga oshirilmaydigan genetik tadqiqotlar bo‘yicha autsorsing kompaniyasi xizmatlari hamda genetik laboratoriya uchun sarflanadigan materiallar»ni xarid qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ–183-son “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, xarid byudjetini aniqlash va kelgusida «Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazida amalga oshirilmaydigan genetik tadqiqotlar bo‘yicha autsorsing kompaniyasi xizmatlari hamda genetik laboratoriya uchun sarflanadigan materiallar»ni xarid qilishni amalga oshirish uchun bozor kon’yunkturasini o‘rganish (marketing tadqiqoti) e’lon qilinadi.

1. Xarid komissiyasining ishchi organi nomi va manzili:

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 17-A uy.

Elektron pochta: Xarid@bolalaronko.uz

Mas’ul shaxs: Komissiya kotibi Sarepulos A.Yu.
Telefon: (+998 99) 120-88-88

Tovarlarning texnik malaka talablariga muvofiqligini baholash hamda xarid byudjetini aniqlash maqsadida, Sizdan texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha alohida ustunni har bir parametr kesimida to‘ldirgan holda, tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan tijorat taklifingizni Xarid@bolalaronko.uz elektron pochta manziliga 2026-yil 20-iyul soat 18:00 ga qadar yuborishingizni so‘raymiz.

Diqqat!

Siz taqdim etgan tijorat takliflari xarid qilinadigan tovarlarning boshlang‘ich (start) narxini belgilashda inobatga olinadi hamda ushbu xarid jarayonida keyinchalik taqdim etadigan narx takliflaringizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan, kelgusidagi xarid jarayonlarida ishtirok etishni istagan barcha ishtirokchilarni bozorni marketing tadqiqoti doirasida o‘z tijorat takliflarini faol ravishda taqdim etishga chorlaymiz.