Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ehtiyojlari uchun tibbiy buyumlarni xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Tenderda xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar), shu jumladan kichik biznes subyektlari — tenderda ishtirok etish uchun qo‘yilgan talablarga javob bergan holda qatnashishlari mumkin.
Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan malaka talablari:
· Xarid komissiyasi raisi nomiga elektron tenderda ishtirok etish uchun ariza;
· Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
· 2-shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan kafolat xati;
· Buyurtmachi va shartnoma tomonlari bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lozim darajada bajarilmagan majburiyatlarning mavjud emasligi;
· Tender ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot;
· Ishtirokchining moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot;
· Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi bayonot;
· Ishlab chiqaruvchi zavodning avtorizatsiyasi mavjudligi (agar ishtirokchi taklif etilayotgan mahsulot ishlab chiqaruvchisi bo‘lmasa);
· Offshor zonalar (3-ilova);
· Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi;
· Ishtirokchi kompaniyasining kamida bir yil davomida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
· O‘zbekiston Respublikasiga va boshqa mamlakatlarga o‘xshash tovarlarni yetkazib berish tajribasining mavjudligi.