
Ilmiy kengash
Markaz ilmiy kengashining tarkibi va faoliyati
Kengash boshqaruvi

Полатова Джамила Шагайратовна

Юсупалиева Гульнора Акмаловна

Гафур-Охунов Мирза Али Аллаёрович

Исхаков Эльдор Жасурович

Мамедова Гузаля Бакировна
Kengash aʼzolari

Гильдиева Маргарита Сабировна
Заведующая лабораторией Республиканского онкологического центра, доктор биологических наук, старший научный сотрудник

Рахимов Нодир Махамматкулович
Профессор кафедры Самаркандского государственного медицинского университета, доктор медицинских наук

Бобоев Кодиржон Тухтабоевич
Заведующий лабораторией Республиканского центра гематологии, доктор медицинских наук, профессор

Махмудова Азиза Джумановна
Заместитель директора Республиканского центра гематологии, доктор медицинских наук

Ибрагимова Сапура Захидовна
Заведующая отделением Центра детской онкологии, гематологии и иммунологии, доктор медицинских наук

Саидов Аълонур Бахтинурович
Директор Центра гематологии и трансфузиологии, доктор медицинских наук

Джураева Нигора Мухсумовна
Научный сотрудник Республиканского хирургического центра им. В. Вахидова, доктор медицинских наук

Фазилов Акрам Акмалович
Профессор кафедры Центра профессионального развития медицинских работников, доктор медицинских наук, профессор
Bola onkologiyasi ilmiy-amaliy markazi
Bola onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 ilmiy kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi № Щ-183-sonli «Onkogematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni, hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining (2024-yil 8-apreldagi 02-28/7499-sonli) murojaatini, tibbiyot-xirurgiya va tibbiyot-terapiya yo‘nalishlaridagi OAK ekspert kengashlari xulosalarini (2024-yil 30-maydagi 7-son) inobatga olgan holda, OAK Prezidiumining 2024-yil 7-iyundagi 355/2-son qarorini bajarish maqsadida, bola onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi qoshida tibbiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi va unga DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 raqami berildi.
DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 ilmiy kengashi
Bola onkologiyasi ilmiy-amaliy markazidagi DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01 ilmiy kengashiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni himoya qilishga ruxsat berildi:
Ilovaga muvofiq, ilmiy kengash tarkibi 15 kishidan iborat etib tasdiqlandi.
Mazkur ilmiy kengash faoliyati yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, shu jumladan “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar to‘g‘risidagi nizom” talablari asosida tashkil etildi.
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb yangiliklar, e’lonlar va muhim voqealar.

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi
“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi"
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Kongress “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘rtasida dolzarb bilimlar va amaliy tajriba almashinuvini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish.
Kongress tashkilotchilari:
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
🔸 Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik HUB.
Kongressning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
🔺 jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, xalqaro hamkorlik;
🔺 bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi;
🔺 gemopoetik ildiz hujayralari transplantatsiyasi;
🔺 molekulyar diagnostika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;
🔺 qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, reabilitatsiya va hayot sifati;
🔺 infeksion nazorat, nutritiv va psixoijtimoiy yordam hamda palliativ tibbiyot.
Kongress xalqaro sheriklikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy va klinik tajribalarni birlashtirish hamda har bir bolaning sog‘lom va himoyalangan muhitda ulg‘ayishi uchun sa’y-harakatlarni birlashtiradigan muhim maydonga aylanadi.
🌐 Sammit va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot
📞 Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:
Mas’ul shaxslar: Gimush I.R., Amangeldiyeva L.M.
Telefonlar: +998 90 097 45 09; +998 90 805 23 87
Elektron pochta: Science@bolalaronko.uz

