Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Markazda amalga oshirilmaydigan tadqiqotlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlarini autsorsing kompaniyasi tomonidan bajarish xizmati”ni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbariyatining diqqatiga!
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Markazda amalga oshirilmaydigan tadqiqotlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlarini autsorsing kompaniyasi tomonidan bajarish xizmati”ni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qarori — *“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qarorini ijro etish maqsadida, xarid byudjetini aniqlash va keyinchalik “Markazda amalga oshirilmaydigan laboratoriya tekshiruvlarini autsorsing kompaniyasi tomonidan bajarish xizmati”ni xarid qilishni tashkil etish uchun bozorning marketing tadqiqotlari e’lon qilinadi.
1. Xarid komissiyasining ishchi organi nomi va manzili:
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy markazi
O‘zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasaý ko‘chasi, 17-a uy
E-mail: Xarid@bolalaronko.uz
Aloqa shaxsi: Igamberdiev T.Ch. – komissiya kotibi, tel.: (+99899) 011-22-85.
Tovarlarning texnik malakasini aniqlash va xarid byudjetini shakllantirish maqsadida, Sizdan har bir parametr bo‘yicha texnik moslikni alohida ustunda ko‘rsatgan holda, tasdiqlovchi materiallar bilan birga tijorat taklifingizni Xarid@bolalaronko.uz
elektron manziliga 2025-yil 10-dekabr kuni soat 18:00 gacha yuborishingizni so‘raymiz.
Diqqat! Sizning takliflaringiz xarid qilinadigan tovarlarning boshlang‘ich narxini belgilashda hisobga olinadi va keyinchalik Sizning narx bo‘yicha takliflaringizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, keyingi xarid jarayonlarida ishtirok etishni istagan barcha yetkazib beruvchilarni marketing tadqiqotlarida faol qatnashishga taklif etamiz!