Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ehtiyojlari uchun tibbiy sarf materiallarini, jumladan, turli o‘lchamdagi (Fr 3, Fr 4, Fr 5) periferik yo‘l orqali implantatsiya qilinadigan markaziy venoz kateterlar (PICC) hamda teri osti manjetiga ega uzoq muddatli venoz kirish kateterlarini (Broviac/Vascu-line/Pro-line turidagi) xarid qilish.
Yetkazib beriladigan mahsulotlar yangi, ilgari foydalanilmagan bo‘lishi, Buyurtmachining texnik talablariga to‘liq javob berishi, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lishi, shuningdek mahsulot sifati va muvofiqligini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Xarid predmeti tavsifi, mahsulotlarga qo‘yilgan texnik talablar, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar, yetkazib berish shartlari, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati hamda xarid jarayonining boshqa shartlari Texnik topshiriq va eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha tender hujjatlarida batafsil bayon etilgan.