
Markaz tuzilmasi
Markaziy bank bo'limlari
Kafedra davolovchilari:
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb yangiliklar, e’lonlar va muhim voqealar.

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi
“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi"
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Kongress “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘rtasida dolzarb bilimlar va amaliy tajriba almashinuvini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish.
Kongress tashkilotchilari:
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
🔸 Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik HUB.
Kongressning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
🔺 jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, xalqaro hamkorlik;
🔺 bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi;
🔺 gemopoetik ildiz hujayralari transplantatsiyasi;
🔺 molekulyar diagnostika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;
🔺 qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, reabilitatsiya va hayot sifati;
🔺 infeksion nazorat, nutritiv va psixoijtimoiy yordam hamda palliativ tibbiyot.
Kongress xalqaro sheriklikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy va klinik tajribalarni birlashtirish hamda har bir bolaning sog‘lom va himoyalangan muhitda ulg‘ayishi uchun sa’y-harakatlarni birlashtiradigan muhim maydonga aylanadi.
🌐 Sammit va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot
📞 Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:
Mas’ul shaxslar: Gimush I.R., Amangeldiyeva L.M.
Telefonlar: +998 90 097 45 09; +998 90 805 23 87
Elektron pochta: Science@bolalaronko.uz

