Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi bo‘yicha ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Bolalar uchun zamonaviy tibbiyot

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi bo‘yicha ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Ekspert diagnostika, ilg‘or davolash usullari va oilani har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlashni birlashtiramiz.

Ilm-fan, texnologiya va g‘amxo‘rlik bir markazda
Tibbiy yordam

Asosiy yo‘nalishlar

Zamonaviy klinik yondashuvlar asosida bolalarga ixtisoslashtirilgan yordam.

Barcha xizmatlar

Bolalar onkologiyasi

Bolalardagi onkologik kasalliklarni tashxislash va kompleks davolash.

Bolalar gematologiyasi

Qon kasalliklariga chalingan bolalarga ixtisoslashtirilgan yordam.

Klinik immunologiya

Bolalardagi immunologik kasalliklarni tashxislash va davolash.

Diagnostika

Klinik, laborator va instrumental tekshiruvlar.

Kompleks davolash

Zamonaviy protokollar va ko‘p tarmoqli yondashuv.

Reabilitatsiya

Bolaning tiklanishi va oila hayot sifatini qo‘llab-quvvatlash.

Markaz haqida

Ilm-fan, texnologiya va g‘amxo‘rlik bir markazda

Markaz haqida

Markaz haqida

Klinik amaliyot, ilmiy faoliyat va tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashni birlashtirgan milliy ixtisoslashtirilgan markaz.

Ko‘p tarmoqli yondashuv
Zamonaviy protokollar
Bola va oilani qo‘llab-quvvatlash
Markaz haqida batafsil
Bizning vazifamiz

Markazning asosiy vazifalari

Bolalarga ixtisoslashtirilgan yordamni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.

01

Onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning yashab qolish darajasini oshirish;

02

Zamonaviy tashxis va davolash protokollarini joriy etish;

03

Gemopoetik ildiz hujayralar transplantatsiyasini rivojlantirish;

04

Maxsus tibbiy yordam va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish.

Faoliyatning huquqiy asoslari

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ–5130-sonli “Aholiga gematologik va onkologik xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Markaz rivojida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 657-sonli qarori muhim rol o‘ynaydi. Ushbu qaror doirasida ikkita 5 qavatli aseptik korpus, 200 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona va liniyali tezlatgich uchun maxsus binoning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ–183-sonli “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Markaz oldiga quyidagi ustuvor vazifalar qo‘yilgan:

Markaz voqealari

Blogda so‘nggi chop etilgan maqolalar

Dolzarb yangiliklar, e’lonlar va muhim voqealar.

Markaz voqealari

So‘nggi yangiliklar

Dolzarb yangiliklar, e’lonlar va muhim voqealar.

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi

“Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressi"


Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sog‘ayishdan farovonlik sari” II xalqaro bolalar saratoni kongressida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Kongress “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi sari yo‘l” Butunjahon sammiti doirasida tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘rtasida dolzarb bilimlar va amaliy tajriba almashinuvini ta’minlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish.


Kongress tashkilotchilari:

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

🔸 Bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik HUB.

Kongressning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

🔺 jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, xalqaro hamkorlik;

🔺 bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi;

🔺 gemopoetik ildiz hujayralari transplantatsiyasi;

🔺 molekulyar diagnostika va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;

🔺 qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, reabilitatsiya va hayot sifati;

🔺 infeksion nazorat, nutritiv va psixoijtimoiy yordam hamda palliativ tibbiyot.

Kongress xalqaro sheriklikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy va klinik tajribalarni birlashtirish hamda har bir bolaning sog‘lom va himoyalangan muhitda ulg‘ayishi uchun sa’y-harakatlarni birlashtiradigan muhim maydonga aylanadi.


🌐 Sammit va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot


📞 Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:

Mas’ul shaxslar: Gimush I.R., Amangeldiyeva L.M.


Telefonlar: +998 90 097 45 09; +998 90 805 23 87

Elektron pochta: Science@bolalaronko.uz

Ko'proq o'qish
Biz yoningizdamiz

Biz bilan bog‘laning

Markazning rasmiy aloqa ma’lumotlarini oling va qulay bog‘lanish usulini tanlang.

Barcha kontaktlar
+998 71-203-11-03 info@childhoi.uz
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko'chasi 17A